O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini o’rganish

2019 yil 28 oktabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi Filialida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini o’rganishga bag’ishlangan amaliy seminar bo’lib o’tdi. Seminarda Filialning professor-o’qituvchilari, tarkibiy bo’linmalari rahbarlari ishtirok etdi. Seminar "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" bo’limi o’qituvchilari tomonidan tashkil etildi.    

Seminarda Konsepsiyaning asosiy qoidalari, amalga oshirilishi bo’yicha maqsadiy ko’rsatkichlar batafsil o’rganildi. Bu borqada ko’zda tutilgan chora-tadbirlar, xususan, oliy ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish, mamlakatimizning 10 ta milliy universitetlarini birinchi 1000 talikdagi  jahon reytingi universitetlari qatoriga kiritish, kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, xalqaro tajribaga asoslangan mustahkam amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini sifatli yangi bosqich darajasiga ko’tarish, oliy ta’lim muassasalarining akademik mustaqilligini ta’minlash kabi masasalarga e’tibor qaratilid. 2030 yilda qadar mamlakatimiz universitetlarida texnoparklar, forsayt-markazlar, transfer texnologiyalar, startaplar va akseleratorlar tashkil etilishi ko’zda tutilgani ta’kidlanib o’tildi. Uqori inpakt-faktorga ega bo’lgan  xalqaro jurnallarda o’qituvchilar, izlanuvchilar, aspirantlar, doktorantlar,bakalavr va magistratura talabalarining  maqolalari chop etilishi, shuningdek respublika jurnallarini xalqaro bazaga bosqichma-bosqich kiritilishi ta’minlanishi ko’zda tutilganiga e’tibor qaratildi.

Ishtirokchilar tomonidan mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo’nalishlariga to’htalib o’tildi. Filialda ta’lim muhitini yaxshilash bo’yicha kelgusidagi rejalar va istiqbollar to’g’risida so’z yuritildi.

Seminar mavzusi atrofida keng fikr almashildi.