Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahar Filiali Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 18 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 515 – son qarorining 14 – bandiga muvofiq tashkil etilgan.

Bo`limning asosiy maqsadi Filial talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borish, тahlil qilish, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, Filialning ichki attestatsiyadan o`tkazishni tashkil etish va uning natichalari bo`yicha ta`lim sifatiga salbiy ta`sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini  olish choralarini ko`rishdan iborat.

 Bo`lim o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining “Ta"lim to`g`risida” gi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Davlat inspektsiyasi hamda Filial direktori buyruqlari va qonuniy ko`rsatmalariga, shuningdek bo`lim to`g`risidagi Nizomga muvofiq olib boradi.

 

Aloqa ma'lumotlari

Manzil:

100125, Toshkent shahri, Mirzo Ulug'bek tumani, Durmon Yuli ko'chasi, 34-uy

Telefonlar: +99871 262-70-64, ichki telefon raqami -187