Yoshlar ittifoqi

Bugungi kunda aholining 60 foizdan ortig’ini ulkan imkoniyatlarga ega bo’lgan yoshlar tashkil qiladi. Ayniqsa, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan O’zbekiston Yoshlar Ittifoqini yaratish va 30 iyun kuni Yoshlar kuni deb e’lon qilinishi uning hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqi- bu davlat yoshlar siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvatlash, keng jamoatchilik, birinchi navbatda yoshlar vakillarining fikr va takliflarini inobatga olgan holda, ularnng huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini tubda isloh qilish bilan shug’ullanadigan yoshlar tashkiloti.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining asosiy maqsadi zamonaviy, ma’rifatli, ma’naviy va intellektual rivojlangan, baqquvat, aql-idrokni namoyon etish, uning xatti-harakatlari bilan misol bo’la oladigan,tashqi xavf-xatarlarga qarshi turishga qodir yosh yigit-qizlarni tarbiyalash. O’zbekiston Yoshlar Ittifoqiga 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini amalga oshirish doirasida bo’layotgan islohotlar jarayonida yoshlarning faolligini oshirish uchun bir qator yangi muhim vazifalar topshirildi.

O’zbekiston Yoshlar Ittifoqining ustuvor maqsadi:    

Birinchidan, O`zbekiston yoshlar ittifoqi respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishida davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali xamkorlikni ta`minlovchi, “ Yoshlar- kelajak bunyodkori” shiori ostida professional faoliatini amalga oshiruvchi tuzilmaga aylantirish;

Ikkinchidan, yoshlarning xuquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga xurmat ruxida tarbiyalash, ongi va qalbida mustaqillik g`oyalariga sodiqlik, milliy o`zlikni anglash, Vatanga muxabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoyilik xissini qaror toptirish va rivojlantirish, turli mafkuraviy taxdidlardan asrash;

Uchinchidan, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini  rivojlantirish borasidagi isloxotlarda yoshlar faolligini oshirish, yuksak ma'navyatli, mustaqil fikrlaydigan, qat'iy  xayotiy holati, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega tashabbuskor, shijoatli, el-yurt manfaati yolida bor kuch-g'ayrati, bilim va saloxiyatini safarbar qiladigan, mamlakat istiqboli uchun ma'suliyatni o'z zimmasiga olishga qodir yoshlar safini kengaytirish;

To'rtinchidan, yoshlarning zamonaviy kasb-xunarlarni puhta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini ta’minlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va hususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini rag’barlantirish, intelektual va ijodiy saloxiyatini ro’yobga chiqarishiga ko’maklashish;

Beshinchidan, yoshlarning ilmiy va badiiy kitoblar, jumladan, elektron asarlarni o’qishga bo’lgan qiziqishini yanada oshirish, xuquqiy, ekologik, tibbiy va ahborot-kommunikatsiya tehnologiyalaridan foydalanish madaniyatini yuksaltirish orqali ularda turli mafquraviy taxdidlarga, hususan, diniy ekstremizm,terrorizm, “ommaviy madaniyat” va boshqa yot g’oyalarga qarshi mustaxkam immunitetni shakllantirish;

Oltinchidan, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi va oila muqaddasligi g’oyalarini keng arg’ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish;

Yettinchidan, yoshlarni, ayniqsa, ular uyushmagan qismining bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport va jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishga, ijodiy to’garaklar va turli, jumladan, horijiy tillarni o’rgatish  o’quv  kurslariga keng jalb etish;

Sakkizinchidan, yosh oilalar, hususan, imkoniyati cheganlangan va ijtimoiy ximoyaga muxtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jixatdan qo’llab-quvatlash, ular uchun munosib uy-joy va ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratishga qaratilgan maqsadli ishlarni tashkil etish;

To’qqizinchidan, yoshlar o’rtasida xuquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika qilish ishlarida faol ishtirok etish;

O’ninchidan, mamlakatda amalga oshirayotgan isloxotlarda faol ishtirok etadigan, xalq manfaatlariga sadoqat bilan hizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, ishbilarmon, xalol va fidoyi yosh raxbar kadrlarni tarbiyalash, zahirasini yaratish va ularni davlar va xo’jalik boshqaruvi organlarining mas’ul lavozimlariga tavsiya etish;

O’n birinchidan, yoshlar siyosati soxasida halqaro xamkorlikni yanada rivojlantirish, horijiy mamlakatlarda taxsil olayotgan va mexnat qilayotgan yoshlarning xuquq va manfaatlarini ximoya qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish;

O’n ikkinchidan, davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, nodavlat notijorat lashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlariga yoshlarga oid faoliyatni tashkil etishga g’oyaviy-uslubiy jixatdan ko’mak berish.

 

Yoshlar ittifoqi faollari

 

Isroilova Munisa


Asatova Diera


Mohirjonov Mirshohid


Mahmudov Ferdavs


Akhrorkulova Eugenia


Umirzakova Guzal

Polatov Adilbek

Sulaimanov Jahongir

Rashidov Damir