Filial haqida
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkentdagi filiali O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning respublikada neftgaz va neftgazkimyo sanoatida yuqori malakali, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish hamda oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida 2007 yilning 12 yanvardagi Prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Filialning asosiy vazifasi respublikaning neft va gaz tarmog’iga I.M.Gubkin nomidagi RDNGUda qabul qilingan, umumxalqaro talablarga mos keluvchi ta’lim dasuriga hamda O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari talablariga mos keluchvi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdir.
Filial I.M.Gubkin nomidagi RDNGUning alohida tarkibiy tuzilmasi bo’lib, barcha darajadagi mutaxassislar, shu jumladan ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaydigan oliy o’quv yurti hisoblanadi.
Filial faoliyati O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Abiturientlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestasiyadan o’tkazish tartibi I.M. Gubkin nomidagi RDNGU tomonidan belgilangan talab va muddatlarga asosan amalga oshiriladi.
Filialda o'qitish I.M.Gubkin nomidagi RDNGU tomonidan tasdiqlangan o'quv rejalari va dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda Filialda 45 nafar mahalliy o’qituvchi faoliyat ko’rsatmoqda, ulardan 4 nafari fan doktori va 15 nafari fan nomzodlari. Shuningdek, o’quv jarayoniga I.M.Gubkin nomidagi RDNGU mutaxassislari ham jalb etilgan.
I.M.Gubkin nomidagi RDNGUni tamomlagan Filial bitiruvchilariga beriladigan diplom O’zbekiston Respublikasida oily ma’lumot to’g’risidagi hujjat sifatida tan olinadi.
I.M.Gubkin nomidagi RDNGUning Toshkent shahridagi Filialida davlat granti asosida o’qigan bitiruvchilar respublika neft-gaz sanoati korxonalari va tashkilotlarida kamida uch yil ishlash sharti bilan ishga taqsimlanadi.
Universitet O’zbekiston Respublikasida faoliyat ko’rsatayotgan barcha neft va gaz kompaniyalarida ishlayotgan bitiruvchilaridan haqli ravishda faxrlanadi.
Bugungi kunda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti zamonaviy innovasion oliy o’quv yurti hisoblanib, O’zbekiston Respublikasida oliy texnik ta’lim yetakchilaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan Filial 2011 yilda “O’zbekneftgaz” milliy holding kompaniyasi tarkibiga kiritilgan.