Ko'ngillilik har kimning burchidir
Ijtimoiy hayotda nafaqat universitet ichida, balki uning ortida ham yoshlarning ishtiroki rivojlangan fuqarolik jamiyatining namoyon bo'lishida muhim vazifa hisoblanadi. Bunday hodisalardan biri O'zbekiston Respublikasida tez rivojlanayotgan ko’ngillilik harakatlari va xayriya tadbirlaridir. Ko'ngillilar atrof-muhit, tarixiy yodgorliklar, umuman, jamiyat va shaxslarni himoya qilish uchun ulkan foyda keltirmoqdalar. Bu ishtirokchilarda mas'uliyat, mehr-oqibat, mehr-shafqat, bag'rikenglik kabi fazilatlarni tarbiyalaydi va o'zini shaxsiyat sifatida namoyon qilishga yordam beradi.
Shu bois Toshkent shahridagi I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining (MTI) filiali o'qituvchilar tarkibi va ma’muriyati shu kabi tashabbuslarni har qanday tarzda qo'llab-quvvatlaydi va rag'batlantiradi. Eng kamida oyda bir marta talabalar shu kabi faollikni namoyish etishga harakat qilishadi - "Puls goroda" musiqiy festivalida ishtirok etish, Yangi yil bayramida mehribonlik uylariga borish, qariyalar uylariga tashrif buyurish bilan 2018 yil yaxshi ishlarga boy edi. Yangi yil esa ko'ngilli ekologik harakatlarda ishtirok etish bilan boshlandi.
2019 yil 17 yanvar «Yoshlar ijtimoiy harakati» kuni doirasida Mirzo Ulug'bek, Sirg'ali va Yakkasaroy tumanlari hududlarini obodonlashtirish va tozalashda filialning URN-15-01 guruhining talabalari, kichik biznes va boshqa universitetlar vakillari ishtirok etishdi. Bolalar maydonchalariga va bolalar bog'chalari va maktablar atrofidagi joylarga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, Davlat mulki qo'mitasi huzuridagi issiqxonalarda ko'chatlar ekishda ham yordam ko'rsatildi, axir shaharda daraxt ko'chatlari ekilishini to'xtatilishi uchun qish sabab emas. Shu bahorning o’zida ko’chalarni 300 ta eman, kashtan va archa daraxtlari va boshqa o'simliklarning ko’chatlari bezatadi.
Bunday harakatlar bir martalik hodisa emas, talabalar hozirdan shu kabi loyihalarda ishtirok etish uchun rejalar tuzishgan. Har bir inson shaharning tozaligi va mamlakatning ijtimoiy hayoti uchun mas'uldir va har kim o'z vatani uchun mazmunli va foydali ishlarni qila oladi.