Ogohlik - davr talabi
I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining (NRU) Toshkent shahridagi Filiali Talabalar turar joyida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha Mirzo Ulug'bek tumani Ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish idorasi xodimi Tajidinov Salim Anvarovich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda talabalar, "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" bo’limi o'qituvchilari, "Manaviyat va ma'rifat" bo’limi va yoshlar bilan ish yurituvchi rahbarlar, pedagog-tarbiyachilar ishtirok etdi.
Tajidinov Salim Anvarovich o'z nutqida dolzarb muammolarga e'tibor qaratdi, mamlakatimizda olib borilayotgan tergov harakatlari to'g'risida so’z yuritdi. Mazkur jinoyatning kriminalistik ta’rifi, tegishli ma'lumotlar to'plami, jinoyatchilar va jabrlanuvchilar shaxsini tavsiflovchi dalillarga urg’u berdi. Isbotlashga loyiq holatlar, jinoyat ishini qo'zg'atish uchun tegishli bo’lgan sabablar va asoslar, dastlabki tergov o'tkazish tartibi o’rganilib chiqildi. Uchrashuv davomida tergovning odatiy holatlari, dastlabki bosqichidagi tergovchining tahminlari va tartiblari, tergov harakatlari va odam savdosi qurbonlariga bo’lgan xavfsizlik choralarini qo'llash bo'yicha taktik tavsiyalar o'rganildi. Ushbu jinoyatlar to'g'risida statistik ma'lumotlar keltirildi.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi dotsenti Usmanova Aziza Abdullajonovna, mamlakatning yangilanishidagi muhim ustuvor yo'nalishlardan biri bo’lgan izchil demokratlashtirish, sud tizimini liberallashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash, shaxslarning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishiga urg’u berdi. Shu tariqa xozirgi zamonda odam savdosi inson huquqi va erkinliklarining eng qo'pol va ommaviy buzg’unchilik ko’rinishi bo'lib, milliy xavfsizlikka real tahdiddir, deb ta’kidlab o’tdi. Ma'ruzachi kuchaib borayotgan muammoning bir qator sabablarini aniqlab o’tdi, yani iqtisodiy globallashuv, texnologik taraqqiyot, siyosiy o'zgarishlar va butun dunyo bo'ylab odamlarning madaniy o'zaro ta'siriga e’tibor qaratdi.
“Ma'naviyat va ma'rifat” bo’limining uslubchisi Shukurova Lola Renatovna, O'zbekistonda odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2008 yil 17 aprelda O'zbekiston Respublikasining “Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida” gi qonuni va shu yilning 16 sentyabrida O'zbekiston Respublikasi "Odam savdosi to'g'risida"Jinoyat kodeksining yangi tahriri qabul qilinganligini eslatib o’tdi. Ushbu hujjatda odam ustidan oldi-sotti ishlarni olib borish, yoki uni yonllash, tashish, topshirish va yashirish yo’lida jinoiy javobgarlikka tortilish nazarda tutilganligi ta’kidlanib o’tilganligini ma’lum qildi.
Uchrashuv yakunida mavzu yuzasidan fikr almashildi. Talabalar tomonidan mutahassisga savollar berildi, hushyor bo’lish, o'z hayoti va mamlakat taqdiri uchun javobgarlik hissini oshirish, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, bunyotkorlik va osoishtalik uchun haqiqiy bilimlarga ega bo'lishga da’vat etildi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi,
"Ma'naviyat va ma'rifat" va yoshlar ishlari bo'limi