Mahalladagi uchrashuv

2019 yil 24 - oktyabr kuni Toshkent shahrining Yashnabod tumanidagi “Do’stobod” mahallasida I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahridagi filiali Ma’naviyat va ma’rifat va yoshlar bilan ishlash bo’limi xodimlari va o’qituvchilari tomonidan o’zbek tiliga davlat maqomi berilganligining 30 - yilligiga bag’ishlangan tadbir o’tkazildi.

Mahalla fuqorolari va vakillari bilan ushrashuv boshida ona tilimizningning jamiyat va millat hayotidagi tutgan o’rnida muxim axamiyatga ega  bo’lgan tadbirning asosiy g’oyasi –Til boyligi – dil boyli  e’lon qilindi.    

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent  I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahridagi filiali “Ijtimoiy – gumanitar fanlari”  bo’limi mudiri majburiyatlarini vaqtinchalik bajaruvchi  – Usmanova A.A. o’zining nutqida  o’z - o’zini anglash, milliy fikirlash,  farzandlarimizni ma’naviy – axloqi til orqali yoritilishini va ifodalanishini, barcha yahshi olijanob maqsadlar va intilishlar, milliy madaniyatimizning takrorlanmas go’zalligi, inson ongiga uning ona allasi orqali singdirilishini ta’kidlab o’tdi.

I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahridagi filiali “Ma’naviyat va ma’rifat” va yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’I Shukurova L.R. yurtimizning har-bir mahallasida turli millat vakillari istiqomat qilishlarini, shu sababli “O’zbekiston respublikasi davlat tili Qonuni”ning ikkinchi moddasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi deb yozilganligini, va mamlakatimizda boshqa elatlarni va tillarni rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini, til do’stligimiz va birligimiz ifodasi ekanligini ta’kidladi.