“TASHKENT BOOK FEST-2019”

3 oktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali URN-18-02, URB-18-01 guruh talabalari “TASHKENT BOOK FEST-2019” I-Xalqaro kitob ko’rgazmasi-yarmarkasiga tashrif buyurdi. Ushbu ko’rgazma O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Beshta tashabbuslarini amalga oshirishga bag’ishlangan bo’lib, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlikni keng targ’b etish maqsadini ko’zda tutadi.

Talabalar “Yangi asr avlodi” nashryotining bolalar maydonchasiga tashrif buyurdi,  “Book. uz” tomonidan tashkil etilgan viktorinaning shohidi bo’ldi, Iqbol Mirzoning “Aytgil do’stim nima qilding Vatan uchun”, Xaruki Murakamaning “Shamol q’oshig’ini tingla” nomli kitoblari taqdimotida ishtirok etdi. Bundan tashqari talabalar o’zbekistonlik va chet el mualliflarning yangi badiiy asarlariga bag’ishlangan ko’rgazmasi bilan tanishdi, turli nashryot xodimlari bilat uchrashdi.

Nashryon bo’limlari vakillari talabalarga o’zlarining kelgusi rejalari, bolalar va katta yoshdagi kitobxonlarga mo’ljallangan kitoblar nahsri to’g’risida batafsil gapirib berdi. Yoshlar kitobxonligi bo’yicha mutolaa bo’lib o’tdi.

Ko’rgazmada Filialning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchi-kuratorlari Namazova Sh.A., Usmanova A.A., Abdullayeva D.U.lar  ishtirok etdi.

В