Akademik litseyida ochiq ma’ruza darsi o’tkazildi

2019 yil 16 sentyabr kuni Filialning akademik litseyida 2 kurs T3-18 guruhuda insonning ijtimoiy-tipologik  hususiyatlari mavzusiga bag’ishlangan ochiq ma’ruza darsi o’tkazildi. Mazkur ma’ruza Toshkent shahar I.M.Gubkina nomidagi  Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi dotsenti Usmanova A.A. tomonidan o’tkazildi. Ma’ruzada litseyning rus tili va adabiyot fani o’qituvchilari Ratushina O.B. va Radjabova S.M., akademik guruh o’quvchilari ishtirok etdi.

Ma’ruza boshida Filial va litsey o’rtasidagi hamkorlik ishlarini olib borishni takomillashtirish, gumanitar fanlarni o’qitishda tajriba almashish, ta’lim berish samaradorligi hamda litsey o’quvchilari va o’qituvchilarining bilimlarini yuksaltirish to’g’risida so’z yuritildi.

Ma’ruza davomida insonga tegishli bo’lgan temperament, xarakter va qobiliyatlarning psixologik jihatlari o’rganildi. Psixologik bilimlarning bo’lgusi kasbi, oilani rejalashtirishi, o’z imkoniyatlarini baholashi va Men-konsepsiyasini shakllantirishdagi muhimligi qayd etildi. Insonning psixologik madaniyatini tashkil etuvchi  elementlariga alohida e’tibor qaratildi. Ijtimoiy muhitda o’rnatiladigan shaxslararo  muloqot va hatti-xarakatlar bo’yicha maslahatlar berildi. Mashg’ulot davomida  yangi axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanildi. Ma’ruza yakunida mavzu yuzasidan o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi.