Kasbni tanlash – kelajakni tanlash

16 аprel kuni Akademik litseyida 2-kursning E1-17 guruhida bo’lgusi kasbga ijtimoiy-psixologik tayyorgarlik mavzusiga bag’ishlangan ma’ruza bo’lib o’tdi. Ma’ruzani Filialning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi dotsenti Usmanova A.A. o’tkazdi. Ma’ruzada litseyning o’quvchilari va o’qituvchilar ishtirok etdi.

Ma’ruzada bo’lgusi kasbga tayyorgarlik ko’rishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, o’quvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlari va qiziqishlari, o’zining intellektual va jismoniy imkoniyatlarini xolisona baholashi, bo’lgusi kasbkorini rejalashtirish, kasbni tanlashga bo’g’liq bo’lgan omillarga e’tibor qaratildi.  Kasbga ta’luqli bo’lgan komponentlar, mutaxassislik, shaxsiy yuksalish, kelajakdagi lavozimlarning mohiyati o’rganildi.  Kasbiy yol va hayotiy maqsadlar bo’yicha maslahatlar berildi.

Mashg’ulot davomida yangi axborot va pedagogik tehnologiyalar qo’llanilindi. Mavzu doirasida taqdimot namoyish etildi.

Ma’ruza so’ngida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi, kelajakdagi rejalari bilan o’rtiqlashdi.