Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureatlari bilan uchrashuv

28 mart kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Filialida talabalarning Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureatlari Umarova Nigora hamda Asadova Dilnozalar bilar uchrashuvi bo’lib o’ydi.

Mazkur uchrashuvni Filialning hotin-qizlar q’omutasi raisi dotsent Namazova Sh.A. tashkil etib, o’zlarining kirish so’zlari bilan chiqish qildi.  Namazova Sh.A. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti laureati unvoniga kimlar sazovor bo’lishi, uning uchun medal berilishi va eng kam ish haqining 50 baravari to’lanishi to’g’risida  gapirib o’tdi.    

So’ngra professor Mansurova G.X. ma’ruza qildi. Ular xalq shoiri Zulfiyaning ijodiga to’htalib o’tdi va rus tiliga o’girilgan sherlarini o’qib eshittirdi.

Uchrashuvga so’zga chiqqan Umarova N., Xalqaro Vestminster universitetining 3 bosqich talabasi. U ingliz tilida nutq so’zlab qaysi davlatlarda bo’gani va qanday tanlovlarda ishtirok etgani haqida gapirib o’tdi. Jumladan, 2016 yilda Angliyada talabalar almashuvi dasturi, 2017 yilda AQSh departamenti va Xalqaro ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan  YuGRAD musobaqasida ishtirok etganini ma’lum qildi, ayniqsa, 2018 yilda BMTning Xalqaro musobaqasida ishtirok etishga muyassar bo’lgani va ushbu tashkilotning elchisi unvonini qo’lga kiritgani to’g’risida so’zlab berdi.

Yana bir mehmon Asadova Dilnoza R.Gliyer nomidagi respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyining 9 sinf o’quvchisi. U violonchelda musiqiy kompozitsiya ijro etdi va o’zbek tilida  qo’shiq kuyladi.