Navro’z bayramiga bag’ishlangan suhbat

2019 yil 18 mart kuni URN-17-02 akademik guruhi talabalari o’rtasida “Navro’z” bayramiga bag’ishlangan suhbat o’tkazildi. Suhbatda 16 nafar talaba, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi mudiri, professor Mansurova G.X., dotsent Usmanova A.A.lar ishtirok etdi. So’zga chiqqanlar har bir o’zbekistonliklar uchun iliq va sevimli bo’lgan bayramning tarixiy paydo bo’lishi to’g’risida gapirib o’tdilar.

Professor Mansurova G.X., Navro’z bayrami Xorasonda (janubiy-sharqiy Ironda) uch ming yil muqaddam paydo bo’lganini eslatib o’tdi. Aynan 21 martda, kun va tunning tengligi asosida yangi quyosh davriyligi, astronomic yilning boshlanishi diqqatga sazovor ekanligini ta’kidlab erdi. Bugun Navro’z bayrami – davlat miqyosiga ega bo’lgan voqea, o’zbek milliy an’analaridan biri, oziga xos bo’lgan qadimgi marosim va go’zal udumlarga boydir.

Bayramning asosiy siri 21  matr kuniga o’tar kechasi bo’lib o’tadi, deb dabom ettirdi dotsent Usmanova A.A. Ushbu vaqtda unib chiqqan bug’doydan muhim marosimga boy bo’lgan taom tayyorlanadi – sumalak.  Katta qozon boshida butun mahalla, ayniqsa, ayollar to’planadi: ular davrada qo’shiqlar aytadi, o’yin-kulgi qilishadi. Tong saharda issiq sumalak qo’ni-qo’shnilar, qarindoshlar,  yaqinlarga tortiq qilinadi, tilaklar aytiladi. Demak, Navro,z bayrami yangi umidlar va kutilishlar bilan bog’liq. Ushbu kunda barchani kechirish, janjallashmaslik, muhtojlarga yordam ko’rsatish lozim.  Bunday  savob ishlar xonadonimizga omad va baxt olib kiradi.