“Materialshunoslik” fani bo`yicha “O`zimning o`yinim” bellashuvi

Bilishga qiziqish, o`quvchilarning faollik natijasi, o`quv jarayonining yaxshilanishining muhim omili hamda sifat ko`rsatkichi va samarasi hisoblanadi, chunki u ta`lim mazmunini o`rganish uchun ijodiy-izlanish bilan yondoshiga, mustaqil bilim olishga qiziqtiradi.

Hozirgi vaqtda o`z faoliyati mazmunini tanqidiy va ijodiy o`zlashtirishga,ilm-fan yutuqlarini va ilg`or pedagogic tajribalarni qo`llay olishga qobiliyatli o`qituvchiga talab oshdi.

22-noyabr 2018-yil “Umumkasbiy fanlar ” bo`limida  materialshunoislik fanidan “O`zimning o`yinim”  bellashuvi bo`lib o`tdi.

Ushbu tadbir bo`lim professor o`qituvchisi P.V. Loginov va yuqori kurs talabalari

URG 17-01 Ubayxanova F.,

URG-17-01 To`laganov J.,

URG 17-02 Lipilin T.,

URG 16-02  Bashliqov R. lar bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Bellashuvda o`ttiz nafar talaba ishtirok etdilar. Qiziqarli va qat’iyatli kurash natijasida g`oliblar aniqlandi.

1-o`rin – UTS 18-01 guruh talabasi Kondakov Mixail 180 ball

2-o`rin – URG 18-01 guruh talabasi Tamazov Ramiz 80 ball

3-o`rin – UTP  18-02 guruh talabasi Joldasbayev Sarvar 50 ball

 

G`oliblarni tabriklaymiz!!!!