Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta’siri

Joriy yilning 16-oktyabrida Filial talabalar turar joyida “Jismoniy tarbiya va sport” bo’limi o’qituvchisi M.Mustayev tomonidan “Jismoniy mashqlarning inson organizmiga ta’siri” mavzusida aylana stol tashkil qilindi. Bunda ta’lim oluvchilar sportning inson tanasiga va organlariga aynan qanday tarzda ta’sir etishi interaktiv tarzda yoritib berildi. Ushbu tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad - talabalarda sog’lom turmush tarzi haqida atroflicha tushuncha hosil qilib, yetarli bilim va ko’nikmalar berish orqali ulardan qay tarzda foydalana bilish haqida ma’ruza qilindi. Ma’lumki, jismoniy tarbiya har bir kishi hayotida juda muhim ahamiyat kasb etib, ajratib bo’lmas qismdir.