«Qabul – 2018: shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuv»

 

«Qabul – 2018: shaffoflik, halollik, adolat mezonlari va innovatsion yondashuv» – Xalqaro press-klubning navbatdagi mavzusi bo’ldi. 2018-yilning 21-iyul kuni video-selektor yig’ilishi formatida bo’lib o’tgan sessiyada oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish va test sinovlariga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi.

Tadbirda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Davlat test markazi, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, poytaxtimiz oliy ta'lim muassasalari rektorlari ishtirok etishdi. Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda viloyatlar oliy o'quv yurtlarining rektorlari va mas'ul xodimlari mahalliy studiyalar yordamida aloqaga chiqishdi.

2018/2019 o'quv yili kvotasiga muvofiq bakalavriatning umumiy miqdori 69200 nafarni tashkil etadi. Ularning 17654 tasi davlat grantlari, 51546 tasi esa to’lov-shartnoma asosida ajratilgan. Magistraturaga 5903 kishi qabul qilinadi, shundan davlat granti bo'yicha 1552 ta, to'lov-kontrakt asosida - 4 351 kishi.

Oliy o'quv yurtlarining sirtqi va kechki bo'limlarida ta'lim olish qiymati tegishli bakalavrning kunduzgi bo'limida o'qitish qiymatidan kam bo'lmagan miqdorda aniqlanadi. Umuman olganda, 60 ta oliy o'quv yurtida 675 ming 49 nafar abiturient va 19 ta filial tomonidan hujjatlar topshirildi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hujjatlarni va professional (ijodiy) imtihonlarni yuqori darajada qabul qilish va ushbu jarayonning adolatli va oydinligini ta'minlash, abiturientlar va ularning ota-onalari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida juda ko'p ishlarni amalga oshirdi. Test sinovisiz, professional (ijodiy) imtihonlar asosida qabul qiladigan OTM yo’nalishlarida kirish imtihonlari shu yilning 25-iyulidan 10-avgustigacha bo’lib o’tishi aniqlandi.

Ijodiy mahorat talab etadigan sohalarda professional (ijodiy) imtihon o'tkazishning adolatli va shaffofligini ta'minlash maqsadida bu yil birinchi marta OTMda deputatlar va abiturientlarning ota-onalari ishtirokida jamoatchilik nazorati o'rnatildi

Shuningdek, sessiyada O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari tarixida birinchi marta Rektorlarning Murojaati havola etildi va qabul qilindi.

Murojaat matnida abituriyentlar faqat o'z bilimlariga tayanishi kerakligi ta'kidlangan: "Ko'rib turganingizdek, yoshlarning ta’kim olishi va kasb-hunar sirlarini egallashlari uchun yurtimizda barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bugun siz o’qishga kirishga, kasb egallashga qaror qildingiz. Demak, o‘z bilimingizga, mahoratingizga tayaning. Shunday sharoitlar yaratib bergan Prezidentimiz ishonchiga munosib bo’ling. Test sinovlariga puxta tayyorlanib, kirish imtihonlaridan o’z bilimingiz bilan o’tishga tayyor turing».

Shu bilan birga ota-onalar ham halollikka chaqirildi. «Afsuski, tovlamachilar va firibgarlarning dunyoqarashi o‘zgarmayapti. Ular hamon eskicha o‘y-xayollarda, mo‘may va qing‘ir yo‘llar bilan daromad topish ilinjida yuribdi. Ularning tuzog‘iga ilinib qolmang», deyiladi murojaatda. Xalqimizda «qars ikki qo‘ldan chiqadi» degan naql bor. «Korrupsiya to‘g‘risida»gi qonunning tegishli bandlariga ko‘ra pora bergan ham, pora olgan ham qonun oldida teng javobgar sanaladi va muqarrar jazoga tortiladi. Farzandingizga yordam beraman desangiz, noo‘rin va pinhona xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymang! Bu yo‘ldagi nojo‘ya qadam, bilingki, kun o‘tib bir kun bolangiz kelajagi uchun qattiq zarba bo‘lishi mumkin.