I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filialida bitiruvchilarga diplom topshirdi

"Darakchi" 27.06.2017, 12:55

Tadbirda bitiruvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi. Qatnashchilarga universitetning hayoti va faoliyati haqida taqdimot filmi namoyish etildi, unda uning shakllanishining eng muhim bosqichlari aks ettirildi. Universitetning 147 nafar bitiruvchisiga diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.

Universitet bilan ko'p yillik hamkorlik natijalari bo'yicha "O'zbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi Alisher Sultonov "Oltin hamkor" mukofotiga sazovor bo'ldi.