Energetika sohasi 10 yildan keyin qay holatda bo‘ladi? Vazir javob berdi

2030 yilda O‘zbekiston ishlab chiqarayotgan jami energiya hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya ulushi 30 foizga yetkazmoqchimiz, dedi Energetika vaziri Alisher Sultonov.

Energetika vaziri Alisher Sultonov bugun, 1 fevral kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat universitetining Toshkentdagi filialida bo‘lib, yoshlar, o‘qituvchilar va OAV vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Sultonovga: «Energetika sohasini 5 yildan keyin qanday tasavvur qilasiz?» degan savol bilan murojaat qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Men 5 yil emas, 10 yil keyin – 2030 yil to‘g‘risida gapirsam. Sababi aynan 2030 yilga mo‘ljallangan ulkan rejalar tuzganmiz. Prezident topshiriqlarida ham 2030 yilgacha bo‘lgan strategiyamiz belgilab berilgan.

Aytishim mumkinki, 2030 yilda biz umumiy olinayotgan energiya hajmidagi qayta tiklanuvchi energiya hissasini 30 foizga yetkazmoqchimiz. Shuni ta'kidlashni istardim, ko‘pchilik davlatlar, xususan qo‘shnilarimiz ham hali bunday ko‘rsatkich bilan maqtana olmaydi. Bizda yilning 160 kuni quyoshli, shamolli. Hududlarimiz ham ko‘p va bundan samarali foydalanishimiz kerak.

 

01.02.2020