Yoshlarning huquqiy sovodxonligi huquqiy madaniyatning shakillanishiga poydevor

Talabalar o'rtasida huquqiy savodxonlik va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida 2019 yil 29 noyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (NRU) Toshkent shaxri filiali talabalari uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xalq qabulxonasi rahbari Rasulov Zikiril Kudratovich bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda URG-17-02, URB-17-01 va UGF-17-01 akademik guruhlari talabalari, professor Xodjetov A.A., dotsent Usmanova A.A., Filial Ayollar kengashi raisi Namozova Sh.A , katta o’qituvchilar Abdullaeva D.U., Shalieva E.S., Demina E.I. ishtirok etishdi.

Ma'lumki, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bu jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlariga murojaat qilish huquqidir. Rasulov Z.K. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28-dekabrdagi 4904-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida, shuningdek, har bir tuman va shaharda Xalq qabulxonalari tashkil etilganligini ta’kidladi. Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonalarining asosiy vazifalari aholi bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqotni tashkil etish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini to'liq himoya qilishga qaratilgan bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi va samarali tizimining ishlashini ta'minlashdan iborat.

Rasulov Z.K. bugungi kunda fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Oliy Majlisga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga, hukumat, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qilish organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga murojaat qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligini ta’kidladi. Uchrashuv ishtirokchilariga 2017 yil 11 sentyabrda qabul qilingan "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalari, murojaatlarni ko'rib chiqish tartibi va muddatlari, murojaatlarni o'z vaqtida va talabga javob bermaydigan darajada ko'rib chiqilganligi uchun masul shaxslarning javobgarligi to'g'risida ma'lumot berildi.

Oxirida talabalar mutaxassislarga davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo'jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimliklarning fuqarolar bilan o'zaro munosabatlari, aholining eng dolzarb muammolarini hal qilishga imkon beradigan samarali mexanizmlari to'g'risida savollar berishdi.