O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi muzeyiga ekskursiya

2019 yil 4 noyabr kuni, I.M.Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi Filiali talabalari tomonidan qadimiy ta’lim muassasalaridan biri bo’lgan – O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Ekskursiyadan ko’zlangan  maqsad – talaba-yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi va hozirgi yutuqlari bilan tanishtirishga qaratildi.

Ekskursiya davomida talabalar оktyabr inqilobi, Ikkinchi jahon urushi davrlarini aks etuvchi eksponatlarni ko’zdan kechirdi, XX asr boshlarida umumqo’shin korpusini shakllanishida hal qiluvchi rol o’ynagan hujjatlar dastxatlari bilan tanishdi. Bundan tashqari, o’tgan asrning 80-yillarigacha davom etgan Turkiston harbiy o’krugining harbiy uskunalari to’g’risadi fаktlar katta qiziqish uyg’otdi. Akademiyaning mustaqillik yillaridagi faoliyatiga tegishli bo’lgan stendlar e’tiborni tortdi. Mazkur o’quv yurtida kursantlarning o’qishi uchun yaratilgan  sharoitlar to’g’risida film namoyish etildi.

Ekskursiya yakunida talabalar akademiyaning kutubxona fondiga tashrif buyurdi u erda 320 mingga yaqin kitob va bosma nashrlar mavjudligi, ulardan 12,5 mingdan ortig’i o’quv, tarixiy va badiiy adabiyotlarga tegishliligining shohidi bo’ldilar.

Muzey direktori tomonidan talabalarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.