Tilning millat va jamiyat hayotidagi roli va axamiyati

2019 yil 22- oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti (MTU) "Ma'naviyat va ma'rifat" va yoshlar bilan ishlash bo’limi tomonidan O'zbekiston

Respublikasi davlat tili haqidagi qonuni qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan uchrashuv  tashkillandi.  Uchrashuvda Filial o'qituvchilari va talabalari, kursantlar va Qurolli Kuchlar akademiyasining xodimlari ishtirok etdilar. Uchrashuvning asosiy mavzusi: “Tilning millat va jamiyat hayotidagi roli va ahamiyati” deya e’lon qilindi.

Uchrashuvga O'zbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi "O'quv-uslubiy va harbiy - vatanparvarlik bo'limi" boshlig’i Zoxidova Mamura Nasrullaevna taklif qilingan edi. U yoshlarni harbiy - vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o'zbek tilining ahamiyatini juda katta ekankigini ta'kidladi.

Psixologiya fanlari nomzodi, dosent  I.M.Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahridagi filiali “Ijtimoiy – gumanitar fanlari”  bo’limi mudiri majburiyatlarini vaqtinchalik bajaruvchi – Usmanova A.A. o'z nutqida o'zbek tilining yuksak nufuzi, uning boyligi va go'zalligi, mamlakatning xalqaro miqyosdagi obro'sini shakllantirishda beqiyos rol o'ynashini ta'kidladi.

Filial talabalari va Akademiya kursantlari Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur g'azallarini, shuningdek, boshqa zamonaviy o'zbek shoirlarining she'rlarini o'qib berishdi.

Ishtirokchilar o'zbek tilining paydo bo'lishi tarixi haqida so'zlab berdilar va buyuk Alisher Navoiy ijodining o'zbek adabiy tilini shakllantirishdagi ulkan hissasini qayd etdilar.