Yuksak rassomlik san’atiga ihlos qo’yib

2019 yil 18 oktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (ITU) Toshkent shahridari Filiali talabalari va o’qituvchilari rassomlik Akademiyasi Markaziy ko’rgazmalar zalida O’zbekiston xalq rassomi, akademik Akmal Nurning "Onaizor" shahsiy ko’rgazmasiga tashrif buyurdi. Ko’rgazma xalq rassomining 60- yilligiga bag’ishlandi. Ko’rgazmaning asosiy g’oyasi – ona obrazining buyuk siymosiga cheksiz sajda qilishdir. Yubiley ekspozitsiyasida namoyish etilgan asarlar, rassomning ijodiy izlanishidagi ma’lum bir bosqich ekanligidan dalolatdir.

Rassomning asarlari dunyoqarashning yaxlitligiga, izlanishlarning o’zgaruvchanligiga ustozning falsafiy mulohaza va she’riy-lirik chekinishlariga intilishini aks etadi. Talabalar muallifning ko’p yillar davomida yaratgan asarlarini tomosha qildi. Ayniqsa, ona, mehribon ayol, olijanob erkaklarning obrazlari diqqatga sazovor bo’ldi.Yaqin insonlar va jojajon makoniga bo’lgan Sevgi-muhabbat, Haqiqat, Uyg’unlak va Sadoqat kabi muhim bo’lgan tushunchalarga urg’u berildi.

Talabalar va o’qituvchilar ko’rgazma zallarida bo’lib, taqdim etilgan asarlarning tarixiy-geografik ma’nosidan bahra oldi, ta’ssurotlari bilan o’rtoqlashdi.

Vistavka_18.10.2019_2