Kouch-psixolog bilan uchrashuv

2019 yil 15 oktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi Filialida, “Baxtli oila” Markazining kouch-psixologi Yusupova Karima Gafurovna bilan uchrashuv o’tkazildi.  Mazkur uchrashuv Filialning Xotin-qizlar qo’mitasi tashabussi bilan tashkil etildi. Uchrashuvda talaba-qizlar, o’qituvchilar, akademik guruh ustoz-murabiylari  ishtirok еtdi.

Uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Beshta tasabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan bo’lib, xususan yoshlarni, aynan, talaba-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga bag’ishlandi.  Oila bo’lg’usi fuqaroni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan shaxs sifatida komillika erishishida muhim rol o’ynaydi. Оilada
insonning fe’l-atvori, uning axloqiy fazilatlari va qadriyatlari belgilanadi va shakllanadi. Mutaxassis fikricha, har bir inson oiladagi ichki munosabatlarga, erkak va ayol o’rtasidagi muomalaga, farzandlarni tarbiyalash bilan bo’g’liq bo’lgan dastlabki tasavvurga ega bo’ladi. Ayol-ona oiladagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlashga, farzandlar dunyoqarashini shakllanishiga, ularning tabiat va jamiyatga bolgan ijtimoiy va shaxsiy munosabatini namoyish etishga asos soladi. Ular insonparvarlik an’analarini tarbiyalash, jamiyatning madaniy-tarixiy merosini boyitishda namunadir.

Uchrashuv davomida mavzu doirasida muhokama bo’lib o’tdi. Ishtirokchilar oiladagi muammolar, ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi nizolar haqida o’z fikrlarini bildirdi. Kouch-psixolog qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashning o’ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratdi, qimmatli maslahatlar va tavsiyalar bilan o’rtoqlashdi.

Vstrecha_s_psihologom_15.09.2019_1 (1)