Oliy Majlisi Senati vakillari bilan uchrashuvi

2019 yil 14 оktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi Filialida, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, madaniyat va sport masalalari Qo’mitasi raisi o’rinbo’sari Saidov Ro’ziboy Tuychiyevich hamda Senat devoni ma’sul hodimi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Turdiyev Azizbek Anvarjonovich bilan uchrashuv o’tkazildi. Mazkur uchrashuv O’zbekiston Respublikasi “Davlat tili to’g’risida”gi Qonunining 30-yilligini nishonlashga bag’ishlandi. Uchrashuvda Filialning 1-3 kurs talabalari, akademik guruh murabbiylari, bo’lim o’qituvchilari ishtirok etdi.

Saidov R.T. o’z ma’ruzasida, o’zbek tilining mohiyati qadimgi va boy dunyoviy tillardan biriga aylangani, xalqimizning milliy o’zligini va davlatimizning istiqlolini aks etuvchi ramzi ekanligini e’tirof etdi. Uning bebaho ma’naviy boyligi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy rivojida muhim ahamiyatga ega. Tarixiy qonun asosida, o’tgan davrlar mobaynida, ona tilimiz mustahkam huquqiy bazaga va yuqori mavqega ega bolgani ta’kidlanib o’tildi. Bugungi kunda o’zbek tili hayotimizning barcha sohalarida – davlat va jamiyat boshqaruvida, mamlakatlararo munosabatlarda, ilm-fanda, ta’lim va tarbiyada, tibiyotda, madaniyat va sana’tda faol qo’llanilib kelinmoqda. Biroq ona tilimizning madaniy-tarixiy me’rosini saqlab qolish uchun, deb so’z yuritdi ma’ruzachi, o’z ustimizda ish olib borishimiz, bilimlarimizni oshirishimiz, dunyoqarash va tafakkurimizni yuksaltirishimiz lozim.

Turdiyev A.A., o’zbek tilining lingvistik asoslari, talaffuz etiladigan iboralar va atamalarning grammatik va stilistik mazmuniga e’tibor qaratdi. O’zbek yozuvida qo’llaniladigan arxaizm va neologizmlarga to’htalib o’tdi. Muallif o’z asarlaridan misralar o’qib eshittirdi.

Shukurova L.R., yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, kitobga bo’lgan xurmat va muhabbatni uyg’otish, talabalar bo’sh vaqtini tashkil etish bilan bog’liq tadbirlarda yoshlar faol ishtirokini ta’minlashning muhimligiga urg’u berdi.

Usmanova A.A., o’tkazilayotgan uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Beshta tashabbusning bajarilaetganligi ekanligini ta’kidlab o’tdi. Filialda yaratilgan sharoitlar yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yigit va qizlarda axborot texnologiyalarni qo’llash malakalarini shakllantirish, bo’lg’usi kasbiy bilim va ko’nikmalarni oshirishga qaratilganligini gapirib o’tdi.

Uchrashuv yakunida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan mexmonlarga murojaat etdi.