Yangi O’zbekiston – yangicha saylov

5 dekabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi Filialida yurtimizda bo’lib o’tadigan saylovga bagishlangan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda  Filialning ma’muriy-ho’jalik bo’limi vakillari, kabinet mudirlari, laborantlar va bo’limlarda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida hozirgi zamonning mazmun-mohiyatini aks etayotgan yangi saylov, ushbu tadbir 22 dekabrda – yagona ovoz berish kunida bo’lib o’tishi muhim ahamiyatga ega ekanligi  ma’ruzachilar chiqishlarida bayon etildi. Ta’kidlanib o’tildiki, bo’lib o’tadigan saylov  dasta’vval joriy etilgan beshta qonunning o’rniga qabul qilingan yangi Kodeksga asoslanadi. Yani, bu yangi sharoitlarda o’tkaziladigan yangisha tizimning ko’rinishidir.  

Ma’ruzachilar saylovga tayyorgarlik ko’rishda kiritilgan boshqa o’zgarishlar, aynan saylov jarayonini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro kuzatuvchilarning tavsiyalari inobatga olinganiga e’tibor qaratdi. Hususan, respublika miqyosida ma’lumotlar bazasini tashkil etgan saylovchilarning yagona elektron ro’yhati joriy etilishi. Bundan tashqari, ular birinchi marta ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va unchalik og’ir jinoyat sodir etmagan mahkumlarga ovoz berish huquqi berilgani. Saylov kuzatuvchisi bo’lishi mumkin bo’lgan fuqarolar toifalari kengaytirilgani. Agar oldingi davrlarda ularning tarkibini faqat siyosiy partiyalarning vakillari, xorijiy va xalqaro kuzatuvchilar tashkil etgan bo’lsa, endigina mahalla vakillari ham saylov kampaniyasi jarayonini kuzatib borishi mumkinligi, shunda ovoz berish ochiq, oshkora va qonun doirasida amalga oshirilishiga urg’u berildi.

Yana bir yangilik - bu chet elda saylovchilar bilan keng ko’lamli ish olib borishdir.

Turli manbalarga ko’ra, deb ta’kidladilar ma'ruzachilar, ikki millionga yaqin fuqarolar chet elda ekanliklari  va shu munosabat bilan ularning saylovda ishtirok etishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani diqqatga sazovor. Buning uchun tashqi ishlar idoralari, elchixonalar va konsullik xizmatlari bilan yaqin hamkorlikda ishlar olib borilayotgani ma’lum qilindi.

Uchrashuv so’ngida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat etdi, mavzu doirasida qizg’in bahs va fikr almashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv filialning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchilari tashabbuslari bilan tashkil etildi.

Отделение социально-гуманитарных дисциплин