Litsey o'quvchilarining ekologik tafakkurni shakllantirishdagi birinchi qadami

Ekologik tafakkurning shakllanishi shaxsiy rivojlanish va o'z-o'zini rivojlantirishga, borliq barqarorligi va tabiat uyg'unligining sub'ektiv tuyg'usiga yordam beradi. Ekologik tafakkur odamlarning, ijtimoiy-madaniy guruhlarning va davlat organlarining sa'y-harakatlarini ekologik muvozanatni saqlashga, muayyan hududlarning tabiiy boyligini saqlashga va yerning tabiatini vaqtincha istiqbol uchun ajralmas ekotizim sifatida saqlashga yo'naltiradi.

Toshkent shahridagi I.M. Gubkin nomli Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali ma'muriyati ko'magi va “Umumiy kimyo va neft va gaz kimyosi” bo’limi tashabbusi bilan URG 16-03 guruh talabalari Tojiboev Sarvar va Abdumutalov Farrux akademik litseyga tashrif buyurdilar. Filial talabalari "Alternativ energiya manbalari" mavzusida informatsion-interfaol dars olib borishdi, shuningdek “Eko-Intellekt” mavzusida “Zakovat” intellektual o’yinini o’tkazishdi.

Dars davomida talabalar alternativ energiya manbalarining afzalliklari haqida gaplashdilar, o’quvchilar bilan alternativ manbalarning turlarini ko'rib chiqdilar, shuningdek an'anaviy energiya manbalarining atrof-muhitga ta'siri: issiqxona effekti, global isish haqida suhbatlashdilar. So'ngra, “Zakovat” o'yini davomida talabalar atrof-muhit va ekologiyaga oid savollar berishdi. Akademik litsey o'quvchilari har bir savolga ijodiy yondashdilar. O'yindan so'ng talabalar ishtirokchilarni faxriy yorliqlar bilan rag’batlantirdilar.

Mavzu hamda intellektual o'yin ma'lumotga boy va do'stona muhitda o'tdi. Akademik litsey direktori K.X.Muxitdinov va geografiya o'qituvchisi R.T.Qurbonova talabalar tomonidan o'tkaziladigan mashg'ulotlarning  muhimligini ta'kidlab, litsey o'quvchilariga ekologik fikrni singdirganligi uchun Filialga o'z minnatdorchiligini bildirishdi.