Navro’z – yangilanish, poklanish, farovonlik va to’kin-sochinlik bayrami

2019 yil 19 mart kuni Talabalar uyida Navro’z bayramini nishonlashra bag’ishlangan suhbat o’tkazildi. Suhbatda filial talabalari, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi o’qituvchilari Usmanova A.A., Abdullayeva D.U.lar ishtirok etdi.

Suhbat boshida bayramning tarixiy paydo bo’lisi, uning avloddan-avlodga o’tishi va rivojlangani hamda xalqimizning o’chmas madaniy merosiga aylanganiga urg’u berildi. Mahmud Koshg’ariy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayom, Alisher Navoiy, Hofiz Tanish Buxoriy asarlarida Navro’z bayramini o’tkazish, turkiy xalqlar ma’rosimlari bo’yicha manbalar berilgani to’g’risida ma’lim qilindi. 

Suhbat davomida talabalar Navro’z bayrami 21-21 martga to’g’ri kelishi paytida kun va tunning tengligi, bir hafta, on kun, hattoki bir oy davom etishi, barcha xalqning sevimli bayrami ekanligi haqida so’z yuritdi. Ma’lumki, 1990 yildan boshlab bizning diyorimizda Navro’z alohida tantana bilan nishonlanadi. Ushba bayram tufayli bizning qadimgi milliy an’analarimiz va urf-odatlarimiz tiklandi. 

Mustaqilligimiz qo’lga kiritilganidan so’ng Navro’z umumjahon bayrami deb tan olindi. 2009 yilda ushbi yorqin bayram insoniyatning madaniy merosini abadiylashtirish maqsadida YUNESKOning ro’yhatiga kiritildi.  Navro’z O’zbekistonning tarihiy-madaniy me’rosini aks etuvch bayram, unu nishonlash yangilanish, poklanish, farovonlik va to’kin-sochinlikning doimiy ramzlariga aylanganiga batafsil to’htalib o’tildi.