“Bahtli hayot uchun muloqot darslari”

2018 yil 8 oktyabr kuni I.M.Gubkin nomli neft va gaz Rossya Davlat Universiteti (MTU) Toshkent shahridagi filialida filial Hotin-Qizlar Qo`mitasi tomonidan tashkil etilgan “Bahtli hayot uchun muloqot darslari” deb nomlangan psihologiya seminar- treningi o`tkazildi.

Seminar-treningni psihologiy fanlari nomzodi Yusupova G. o’tkazdi. Ijtimoiy tarmoq va oila munosabatlari dolzarb va zamonaviy bo’lganligi, seminarning mavzusi tinglovchilarda katta qiziqish uyg’otdi. Dokladchi tomonidan yoritilgan mavzulardan auditoriya jonlandi va tinglovchilar savol-javod munozaralarida faol bo’ldilar. Savollar ko’p bo’ldi va psihologik qulaylik, psihologik emosiyalar reaksiyasi va motivasiyasi haqida gapirib o’tildi. Seminar- treningning favqulotda va mantiqiy asoslangan yondoshuvi psihologik testlar va mashqlar bilan kuzatib borildi. Seminar–trening qiziqarli u’tdi.