1-bosqich talabalari bilan suhbat

14-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti filialining hududiy tayyorlov kursi bitiruvchilari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

14-sentabr kuni Qashqadaryo viloyatidagi I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti filialining hududiy tayyorlov kursi bitiruvchilari, hozirda 1-bosqich talabalarining Filial va tayyorlov kursi rahbariyatlari bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Talabalarni director o’rinbosari- ijrochi direktor A.Magrupov tabrikladi. Talabalar bilan suhbat davomida  Abdulla Maxmudovich Magrupov Respublika hukumati tomonidan yoshlar e’tiborini jalb qilayotgan barcha islohotlarning zarurligini ta’kidlab o’tdi. “2016 yilning 14 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev Davlat Yoshlar Siyosatini imzoladi.Siz- tayyorlov kursini muvaffaqiyat bilan tamomlagan va Filialga qabul qilingan birinchi talabalarsiz. Filialda dunyo standartlariga javob beradigan sifatli ta’lim olish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Sizning vazifangiz- yaxshi bilim olish, Filialning jamoa ishlarida faol ishtirok etish va kelajakda neft va gaz sanoatining munosib mutahassisi bo’lishdir.”- deya aytib o’tdi A.Magrupov.

Bundan tashqari. Tabrik nutqi bilan I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti filiali Hududiy tayyorlov kursi direktori Qodirov Odil Anvarjonovich va director o’rinbosari Toxirova Barnogul ishtirok etishdi.

Talabalar Filial rahbariyatiga o’z minnatdorchiligini va Hududiy tayyorlov kursi faoliyatini yanada takommillashtirish bo’yicha o’z takliflarini bildirishdi.