Vatanimizning obodligi yo'lida birgalikda xizmat qilamiz

Avgust oyida mamlakatda obodonlashtirish va tozalash oyi e'lon qilindi.

18-19 avgust kunlari O'zbekistonda umumxalq xayriya xashari o'tkaziladi.

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universiteti Toshkent shahridagi filiali xodimlari Ekobog'i va filiali hududida olib borilgan  umumxalq xayriya xasharida ishtirok etdilar. Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyat darajasini oshirish, yoshlar ongida tabiiyatga mexr hissini uyg'otish - bizning umumiy maqsadimiz.