Ilmiy-amaliy seminar

24 мay kuni “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi tomonidan  «Komil insonni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli: muammo va istiqbollar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Ushdu seminarga falsafa fanlari nomzodi, dotsent Djurayeva LR., tarix fanlari nomzodi, dotsent Farmanova B.A. Filialning o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. 

Professor Mansurova G.X. kirish nitqi bilan seminarni ochib berdi. Komil insonni shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning roli qanday ekanligiga e’tibor qaratildi.  Taklif etilgan mehmonlar falsafa, tarix, rus tili, psixologiya va boshqa fanlarni o’rganishda yangi pedagogik va axborot texologiyalardan foydalanish muhimligini ta’kidlab o’tdi. O’zbekiston Respublikasining  rivojlanish Strategiyasini amalga oshirishda, millatlararo totuvlik, diniy bag’ikenglik, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda milliy g’oyaning ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati muhim ekanligi e’tirof etildi.

Seminar mavzusi doirasida talabalar o’z chiqishlarini namoyish etdi. Inson shaxsining shakllanishida, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning etakchi roli borligini gapirib o’tdi. Filialda gumanitar fanlar bo’yicha bilim beruvchi mutaxassislarning kasbiyligi, yoshlar ahloqiy qiyofasi, dunyoqarashini shakllantirishga qo’shayotgan hissalarini ta’kidlab o’tdi,  

Seminar yakunida Filialda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o’tilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar va istiqbollar muhokama etildi.