Yosh avlodning huquq va majburiyatlari
Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustivorligini taminlash va qonunchiylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.
So’ngi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni tubdan shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilning 17 aprel kunida talabalar yashash joyida 1-2-3 kurs talabalari o’rtasida “Yosh avlod ongidagi huquq va majburiyatlari” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.
Suhbatda, yoshlar bilan ishlash bo’yicha “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi mutahassislari L.Shukurova, E. Sidelyova, “Ijtimoiy gumanitar fanlar” bo’limi kata o’qituvchisi D.Abdullaeva va talabalar yashash uyi boshlig’i R.Mirzaahmedov ishtirok etdilar.
Suhbat chog’ida D.Abdullaeva huquqbuzarlik, jinoyat, odam savdosi, giyohvandlik va ularni oldini olish masalalari mavzusiga to’xtalib o’tdi. D.Abdullaeva talaba yoshlar o’ziga xos ijtimoiy guruh ekanligini ta’kidlab o’tdi.
Ayni oliy ta’lim muassasasida o’qish davomida yoshlarni nafaqat professional bilimlarni egallash davri, balki ijtimoiy dunyoqarashi etilishi, huquqiy ongi va madaniyati intensiv shakllanish davri.
Yoshlar bilan ishlash bo’yicha “Ma’naviyat va ma’rifat” bo’limi uslubchilari talabalarni huquq va majburiyatlari bilan tanishnirdilar.
Yoshlar ongida to’g’rilik, vijdonlilik, odob-axloq normalari, Konstitusiyaning muhim qoidalari huquq va burchlari tushunchalarining muxrlanishi ularni yoshlik davridan boshlab talab qilinadi.
Chunki shaxsi shakllanish bosqichda bo’lgan yoshlar har qanday oqimlarga kirib qolishlari mumkun hamda ko’rgan va eshitgan narsalariga – yangiliklarga o’ta ta’sirchan ,bo’ladilar.
Ilmli, xarakatchan va mas’uliyatli odamlarning ijtivoiy hayotimizga yaqin orada quyila boshlashi ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli kechishiga bog’liq, aynan shunday odamlar esa jamiyatning zamonaviylashuv bosqichida Uzbekistonga zarurdirlar.