Sattarov Axat

Ma'lumoti: oliy, mutahassisligi - matematik - hisoblash matematikasi yo'nalishi bo'yicha.

Ilmiy darajasi: fizika-matematika fanlari nomzodi (1985)

Ilmiy unvoni: docent (1989)

Lavozimi: I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahri filiali  «Matematika va informatika»  bo'limi docenti

Umumiy ish staji: 52 yil

Pedagogik ish staji: 47 yil

 

1972 yilda Toshkent Davlvat Universiteti (hozirgi O'zbekiston Milliy Universiteti) Amaliy matematika va mexanika fakultetini matematik - hisoblash matematikasi yo'nalishi bo'yicha tugatgan va shu fakultetning “EHMlarning matematik ta'minoti” kafedrasida stajer-tadqiqotchi lavozimida ishga qoldirilgan.

Sattorov 1996 yilgacha Toshkent Davlvat Universitetida oldin stajer-tadqiqotchi, assistent, aspirant, katta o'qituvchi va docent lavozimlarida faoliyat olib borgan.

1996-1998 yillarda Toshkent viloyati pedagogik xodimlarning malakasini oshirish institutida kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borgan.

Sattorov 1998 yildan 2008 yilgacha Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Informatika va informacion tehnologiyalar” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko'rsatgan. 2008 yildan 2016 yilgacha mazkur universitetning “Matematik modellashtirish va informatika” kafedrasi professori, kafedra mudiri lavozimini vaqtincha bajaruvchi sifatida ishlagan.

2016 yildan hozirgacha I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahri filiali  “Matematika va informatika”  bo'limida docent lavozimida ishlab kelmoqda.

Sattarov Ahat  100 dan ortiq ilmiy - uslubiy nashrlar muallifidir. Ular monografiya, ikkita davlat patenti, 10 dan ortiq uslubiy ko'rsatmalar, uslubiy qo'llanmalar , markaziy nashriyotlarda chop etilgan 10 dan ortiq darsiklar va ilmiy maqolalar, shuningdek respublika va halqaro konferenciya materiallari  ko'rinishida o'z aksini topgan.

Malaka oshirish

Oliy ta'lim muassasining elektronli  informacion-ta'lim muhiti (2018, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti)

 “Informatika” fanini o'qitishning zamonaviy pedagogik va innovacion tehnologiyalari(2018, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti)

 

Dars beradigan fanlari (ohirgi uch o'quv yilida):

 Informatika;
S++ tili;
Matematik  modellashtirishda dasturiy mahsulotlar;
MatLab yordamida ma'lumotlarni qayta ishlash va vizuallashtirishda ahborot tehnologiyalari;
Umumiy foydalanuvchi matematik paketlar;
Ahborot tizimlariga kirish.

 

Telefon: +99871 262-70-28
e-mail: matematika@gubkin.uz

Sattarov_A_Sertifikat_4

Оставить комментарий