Akramov Baxshillo Shafiyevich
Akramov Baxshillo Shafiyevich – texnika fanlari nomzodi, neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqarish boʻlinmasi professori.
1942 yil 11 mayda Buxoro viloyati, Buxoro shahrida tugʻilgan.
1967 yilda Toshkent politexnika institutining “Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligini tugatgan.
2017 yil sentabr oyidan I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkemt shahridagi filiali neft, gaz va gaz kondensati konlarini ishlab chiqarish boʻlinmasi professori.
250 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 4 ta monografiya va 12 ta darslik muallifi.
Aloqa uchun telefon: +99871 262-86-67
E-mail: akramov_bahsh@mail.ru