Rassom bilan uchrashuv
2019 yil 25 oktyabr kuni I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (МТU)Toshkent shahar Filialida O’zbekistonda taniqli rassom Tatyana Fedorova bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Ushbu uchrashuv O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning beshta muhim tashabbuslarini amalga oshirishga qaratilgan bo’lib, xususan, yoshlarni madaniyat va san'atga jalb etish, yosh avlodning ma’naviy-madaniy salohiyatiga e’tiborni kuchaytirishga bag’ishlandi.
Rassom o’zining ijodi, badiiy o’brazlar va ma’nolar ustida izlanishlar olib borayotgani haqida gapirib o’tdi. Ular dunyoni ichki sezgilar, hissiyotlar uyg’unligi, yangi hodisalar orqali idrok etish muhimligini ta’kidlab o’tdi. Talabalarga rassom hayotidagi turli yillarda yaratilgan asarlarga bag’ishlangan taqdim namoyishi o’tkazildi.
Uchrashuv so’ngida ishtirokchilar rassomning kelgusidagi ijodiy rejalari haqida qiziqdilar. Tasviriy san’at sirlari haqida fikr almashdilar.