Razikova Dilfuza Salihovna

Ma'lumoti: oliy, mutaxassisligi "Ingliz tili tarjimon-referenti"

Ilmiy darajasi: magistr (2001)

Lavozimi: Chet tillari bo’limida o'qituvchi

Umumiy ish faoliyati: 20 yil

Pedagogik faoliyati: 20 yil

 

1999 yilda O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetini imtiyozli tamomlagan (bakalavr darajasida). 2001 yilda ushbu universitetning magistratura bo’limini “Ingliz tili tarjimon-referenti” mutaxassisligi boyicha tamomlagan.

 1999 yildan boshlab,  O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining, tarjimonlik fakultetida “Ingliz tili didaktikasi”  kafedrasida ish faoliyatini olib borgan. 2007 yildan to 2014 yilga qadar, O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universitetining “Tarjimashunoslik” kafedrasida o’qituvchi bo’lib faoliyatini yuritgan.

2014 yildan boshlab, «Favourit Education», keyinchalik qayta nomlangan «Oriental School of Tashkent» Nodavlat Ta’lim Muassasasida, ingliz tili  o’qituvchisi lavozimida ishladi. Shu bilan birgalikda, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universetetidagi “Chet tillari kafedrasi”da ham o’qituvchi bo’lib  ishlagan.

2019 yil avgust oyidan boshlab I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkentdagi filialining chet tillar kafedrasida o'qituvchi bo'lib ishlamoqda..

Turli konferensiyalar to’plamida nashr qilingan va bir qator ilmiy jurnallarda chop etilgan sakkizta tezis va maqolalar muallifidir.

2010 yildan to 2015 yilgacha Buyuk Britaniya Kengashi va Amerika Qo’shma shtatlari elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan turli xil innovatsion o’qitish tizimi bo’yicha dasturlar va «PRESETT» metodikasi o’quv kurslarida ham faol ishtirok etgan.

2015 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Institutidagi “Qayta tayorlash” o’quv kurslarida o’qigan.

2018 yilda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida “University Certificate of Special Study in Teaching and Learning” o’quv programmasi bo’yicha o’qib malakasini oshirdi.

 

Telefon raqami: 90 178 58 48
E-mail:dilfuza.razikova2017@gmail.com

 

Оставить комментарий

  • Студент (из УТС)

    Самый лучший куратор , который когда либо существовал. А точнее "The best curator there has ever been".