Islom dini falsafasini o’rganib

9 iyun kuni UEE-17-01 guruhi talabalari hamda Filialning dotsentlari Namazova Sh.A., Usmanova A.A., Taktasheva D. R. ishtirokida “Falsafa” va “Dinshunoslik” fanlari doirasida “Qadimgi o’rta asr arab-musulmon falsafasi” mavzusida sayyor amaliy mashg’ulot darsi tashkil etildi.

Mazkur sayyor dars O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 apreldagi 340-sonli “Oliy ta’lim muasassalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida’gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazildi. Amaliy mashg’ulot Toshkent shahrining qadimgi hududida joylashgan Xazrati Imom tarixiy-arxitektura majmuasida tashkil etildi.

Amaliy-mashg’ulotga talabalar gid sifatida yondashdi. To’rt soat mobaynida davom etgan darsda talabalar va o’qituvchilar Xazrati Imom masjidi, Barok-Xon va Tilla Sheyx madrasalari, Abu Bakr Kaffol Shoshi maqbarasi va kutubxonani ko’zdan kechirdi. Dars davomida gidlar Qadimgi Sharqda mavjud bo’lgan islom madaniyati, borliqni anglab yetish bo’yicha islom dinining mohiyati, insoniylik hususiyatlarni shakllantirish masalalariga urg’u berdi. Hozirgi kunda din va siyosat o’rtasidagi o’zaro ta’sirlanish kuchi to’g’risida so’z yuritildi.

Sayyor dars mashg’uloti yakunida talabalar ortasida mavzu doirasida fikr-mulohazalar yuritildi.