Islom dinining asoslarini o’rganib

2019 yil 2 may kuni “Dinshunoslik” fanidan “Islom dinining asosiy manbaalari” mavzusidagi amaliy sayyor dars o’tkazildi. Amaliy sayyor darsda 60 nafar URB-16-01/02, URG-16-01/02 guruh talabalari ishtirok etdi. Mazkur dars Toshkent shahrining qadimgi hududida joylashgan Xazrati Imom majmuasida tashkil etildi.

 Ushbu sayyor dars O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 13 apreldagi  340-sonli “Oliy ta’lim muasassalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida o’tkazildi.

Sayyor dars “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi dotsentlari Usmanova A.A. va Bekmirzayev I. tomonidan tashkil etildi.

Mashg’ulot davomida Xazrati Imom majmuasi bo’ylab ekskursiya o’tkazildi. Talabalar ushbu tarixiy-arxitektura ansamblning diqqatga sazovor joylari, ya’ni, XVI  asrda  qurilgan Barok-Xon madrasasi, Tilla-Shayx madrasasi, avliyo Abu Bakr Kaffol Shoshi maqbarasi va Imom Buxoriy nomidagi Islom institutini ko’zdan kechirdi. Islom sivilizatsiya markazining qad ko’tarilayotganini shohidi bo’ldi.

Mavzu doirasida islom dinining turli oqimlari va falsafasiga e’tibor qaratildi. Talabalar musulmon dinining manbaalari, uning asoschisi Maxammad payg’ambar, uning va’zlari to’g’risida so’z yuritdi. VI asrda Arab yarim orolida, yangi dinning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan  ijtimoiy-siyosiy vaziyatni yoritib otdi.

Sayyor dars mashg’uloti yakunida talabalar ortasida fikr almashildi.