KITOB – UMR KO’ZGUSI

2019 yil 8 aprel kuni Yunysobod tumani “Bo’zsuv” mahallasida I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti (MTU) “Ma’naviyat va ma’rifat” yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchilari tomonidan “Kitob -  hayotimiz ko’zgusi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Yunysobod tumani “Bo’zsuv” mahallasi mutahassislari: mahalla raisi M.Saydullaev, xotin-qizlar qo’mitasi mutahassisi M.Obidova va mahalla faollari U.Zukurxodjaeva, M.Zayniddinova “Xon keldi” nomli mahalla choyhonasida fuqarolar uchun iliq va do’stona muhitda uchrashuv tashkilladilar.

I.M.Gubkin nomli Rossiya Davlat neft va gaz universiteti (MTU) “Ma’naviyat va ma’rifat” yoshlar bilan ishlash bo’limi uslubchilari L.Shukurova va E,Sidelyova kitobhonlikni targ’ibot qildilar. Uslubchilar tomonidan yurtimizda ijtimoiy – siyosiy rivojlanishga va yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy tarbiyalanishlarida kitobxonlikga alohida e’tibor berilayotganini bu yonalishdagi amalga oshirilayotgan islohotlar yuqori samara berayotganini takidlab o’tdilar.

Milliy adabiyotni rivojlantirishga, buyuk allomalarimiz me’rosini saqlashga, kitobxonlik madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan e’tibor chuqur bilimlarga, o’z  fikri va yuksak salohiyatiga ega yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo’lib xizmat qiladi.

Bizning davlatimizga kitobxonlar kerak! Fikirlaydigan, uqiydigan yoshlarni tarbiyalashda farzandlarimiz ongiga kitobxonlikka bo’lgan muhabbat qancha ko’p sigdirilsa ilm – fan, madaniyat va san’atimizning dunyo miqyosidagi erishgan o’rni sezilarli bo’ladi.

“Kitob-hayotimiz ko’zgusi” tadbir qatnashchilariga adiblar SH.Shomaqsudov va S.Dolimovlarning “Qayroqi so’zlar” nomli kitobi sovg’a qilindi.