«Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi»

5 аprel kuni URN-16-01 guruhida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 683 yilligiga bag’ishlangan suhbat o’tkazildi. Suhbatni «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» bo’limi dotsenti A.A.Usmanova olib bordi. Suhbat boshida ta’kitlab o’tilganidek, Sohibqiron Amir Temur uzoqni ko’ra bilgan siyosatchi va yirik strateg sifatida, Xitoy chegaralaridan tortib Sharqiy Rim va Misr yerlarigacha yetib borgan buyuk markazlashgan va kuchli davlatga asos solgan. Amir Temur qadimgi zamonlarda mavjud bo’lgan, Markaziy Osiyo xalqlari hamda O’rta yer dengizi va Evropa xalqlarini birlashtirgan  Buyuk ipak yolini tikladi. Buning natijasida ushbu davlatlardagi hududlar o’rtasida kelgusida savdo va madaniy aloqalar rivojlandi.

Buyuk sarkarda tomonidan erishilgan yutuqlarga e’tibor bergan holda talabalar uning kuchli irodasi, aql-zakovatini ta’kitlab o’tib,  aynan bunday shaxs o’z davrining ehtiyojiga mos kelgani haqida so’z yuritdilar. So’zga chiqqanlar «Tuzuklar»dan  bandlar o’qib berdilar, unda aks etgan davlat boshqaruvining asosiy qoidalariga to’htalib o’tdilar, «Kuch adolatdadir!» tamoyilining zamonaviy O’zbekiston uchun ahamiyatli ekanligiga urg’u berdilar.

Suhbat yakunida talabalar Sohibqironning milliy davlat tizimi, ta’lim va madaniyat, davlatning umumiy rivojlanishiga qo’shgan buyuk hissalarini ta’kidlab o’tdilar. Amir Temur o’zining bo’shqaruv faoliyatida shunday siyosiy, iqtisodiy va madaniy merosni shakllantirganki, u yurtimizning hozirgi  kundagi rivojlanishida ibtar na’munasi sifatida xizmat qilib kelmoqda.