Alisher Navoiy – g’azal mulkining sultoni

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetinig Toshkent shahridagi filialida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligiga bag’ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Neft va gaz sohasining bo’lajak mutaxassislari ulug’ mutafakkir, so’z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning asrlar davomida o’chmas g’azallarini yod olib, buyuk bobokolonimiz hayoti va ijodi haqida gapirib o’tishdi.

Tadbir tashkilotchilari, “Marifat va ma’naviyat” bo’limi hodimlari Lola Shukurova hamda Ekaterina Sidelova so’zlariga ko’ra Navoiyning asarlari asrlar o’sha o’z ahamiyatini yo’qotmagani, aksincha kundan-kunga jamiyat hayotida, yoshlar tarbiyasida katta ahamiyat kasb etib kelmoqda.

Alisher Navoiy sharq Renessansining yirik namoyondasi sifatida jahon sivilizatsiyasi tarixida, ayniqsa, turkiy xalqlar madaniy va ma’naviy hayotining rivojida alohida o’rin tutadigan yorqin shaxsdir. U o’zining gumanistik g’oyalari, badiiy-falsafiy qarashlari, o’lmas she’riy asarlari bilan insoniyat tafakkuri rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk shoir va mutafakkirdir. Darhaqiqat, Sulton Husayn Boyqaro ham Alisher Navoiyni “mamlakat ustuni, davlat tayanchi” deb bejiz aytmagan.