Tinchlik – eng oliy ne'mat!

Joriy yilning 5 fevral kuni I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (Milliy tadqiqot universiteti) universitetining Toshkent shahridagi filialida din vakillari ishtirokida man'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent shahar Olmazor tumani «Safarboy ota» masjidi imom hatibi Mirjahon Mirsultonovich Mirhaydarov so'zga chiqib, «tinchlik eng ulug' ne'matligini, tinchlik va hotirjamlik hukm surgan mamlakatdagina olib borilayotgan islohotlar kutilayotgan natijalarni berishi haqida so'zlab o'tdi».

Olmazor tumani «Do'stjonboy» masjidi imom hatibi Bahrom Ravil'evich Atajonov o'z nutqida hozirgi kunda islom dinini niqob qilib olgan har hil terroristik oqimlar va yovuz kuchlar ildiz otib boroyotgan bir paytda islom dinining mohiyatini o'rganish naqad muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlab o'tdi.

Tadbir so'ngida fuqorolarimizning manaviy tafakkuri o'sib borayotgani, mamlakatimizda yuz berayotgan beqiyos o'zgarishlar, qator sohalarda erishilayotgan yuksak marralardagi ishtiroki hamda bunyodkor xalqimiz o'z rivojlanish va taraqqiyot yo'lidan dadil borayotgani alohida ta'kidlab o'tildi.