Bizning kelajak avlodimiz davlat e’tiborsiz qolmaydilar

Shubhasiz, Davlatimiz ota-ona qaramog’isiz qolgan bolalarni qo’llab-quvvatlashga katta e’tibor beradi. Shunga qaramay,ular ko’proq sevgi va e’tiborga muhtoj. 

Buni tushunib etsak, 2019 yil 23 yanvar kuni Gubkin talabalari Toshkent shahardagi Bolalar uyiga borishdi.

Bizning talabalarimiz birinchi ma’rotaba bolalar uyiga borishlari emas. Ushbu loyihaning asosiy xususiyati bolalarga e’tibor qilish, ayniqsa erkak kishi tomonidan, chunki bolalar uyida asosan ayol kishilar o’qituvchilik va enagalik qilishadi. Bu yerda bolalar tug’ilgandan boshlab 3 yoshgacha yashaydilar.  

Bizning talabalarimiz tomonidan Bolalar uyida yashovchi bolalarga kichik sovg’alar olingan edi, ular hech kimni e’tiborsiz qoldirishmadi, eng jajji bolalardan boshlab to yoshi kattalarigacha. Ular bolalarga yumshoq uyinchoqlar, kanstovarlar va shaxsiy gigiena vositalari olib borishdi. Bizni bolalar uyida yashovchi bolalarga katta e’tibor ko’rsatib, chinakam sevib va g’amxo’rlik qilishlari bizni manmun etdi.

Biz chin dildan har bir bolaning sog’lom yuksalishini tilab qolamiz. Bu bolalar hech qachon uzini yolg’iz his etishmasin, va doimo ularni atrofida sevadigan odamlar bo’lsin.