“Vatan himoyachilari kuni” ni g’alaba bilan nishonladik

I.M.Gubkin nomidagi Rossiya neft va gas Universiteti Toshkent shahar Filialining sport zalida talabalar va ixtisoslashtirilgan akademik litsey o’quvchilari o’rtasida basketbol bo’yicha o’rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv “Vatan Himoyachilari Kuniga” bag’ishlangan.

Musobaqa paytida bizning talabalarimiz ustunlikni yaqqol ko’rsatishdi, shu bilan birga Litsey o’quvchilari tajribasini oshishiga ko’maklashishdi. Uchrashuv do`stona muhitda o`tkazildi.

Universitet va litsey talabalari adolatli kurashda o`z mahorat va ko`nikmalarini namoyish etdilar. Muxlislar ikkala jamoani qo`llab-quvvatladilar.

 Filialimiz ma’muriatiga alohida minnatdorchilik bildiramiz va bayram muborakbod etamiz.