2019 yil ostonasida: I.M.Gubkin nomidagi Filialni yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va istiqbollari

2018 yil 29 dekabrda 2018/2019 o'quv yilining navbatdagi Kengashi bo'lib o'tdi. Direktor o'rinbosari - ijrochi direktori professor A.Magrupov Kengash a'zolariga murojaat qilib, Filial xodimlarini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, erishilgan yutuqlar uchun minnatdorchilik bildirdi va 2018/2019 o'quv yilining birinchi yarmidagi kamchilik va xatoliklarni belgilab berdi, 2019 yilga Filial faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha strategik yo'nalishlarni belgilab berdi .

Filial Kengashining kun tartibi bo'yicha birinchi savol O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisiga yo'llagan maktubini o'rganish bo'ldi. Davlatimiz rahbari o'z ma'ruzasida 2018 yil - "Tadbirkorlikni, Innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” yakunlarini sarhisob qildi va yaqin kelajakda O'zbekistonni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Prezident taklifiga binoan, 2019 yil O'zbekistonda "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e'lon qilindi.

Yig'ilish davomida Kengash O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Prezident ma'muriyatining ko'rsatmalari, Oliy va o’rta mahsus ta’lim Vazirligi va "O'zbekneftgaz" OAJ buyruqlari va ko'rsatmalari bajarilishi to'g'risida hisobotlarni eshitdi.

Filial Kengashi kun tartibiga qo’yilgan o'quv qo'llanmalarni chop etishga tavsiya etdi. Kengash Filial tarkibiy tuzilmasiga o'zgarishlarni kiritish, ya’ni "Iqtisodiy fanlar" bo'limini "Neft va gaz iqtisodiyoti" bo'limiga qayta nomlash masalasini muhokama qildi.