Biz – giyohvandlikka qarshimiz!

Joriy yilning 24 dekabr kuni I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti filialida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining yetakchi eksperti Mokiy Andrey Valerievich ishtirokida tadbir bo'lib o'tdi.

Giyohvandlik -hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biri –hisoblanadi. Giyohvandlikning yetkazadigan zarari son-sanoqsiz. Unga mubtalo bo‘lgan kimsada avaalo o‘ziga, so‘ng oilasiga, kasbiga, o‘qishiga nisbatan qiziqish qolmaydi.

Ayniqsa, ishlab chiqarish va taraqqiyotning asosiy kuchi sanalmish yosh avlodni giyohvandlikning birinchi navbatdagi qurboni bo‘lishi mudhish hodisa. Unga mubtalo bo‘lganlarning aksariyatini yoshlar tashkil etishi yanada achinarli hol. Ayrim yoshlarning giyohvandlik quliga aylanishi va oxir-oqibat zavol topishi esa sog‘lom kelajakka bo‘lgan yaqqol tahdiddir.