Madaniyatshunoslik fanidan ochiq dars namoyishi

2018 yil 22 dekabr kuni “Madaniyatshunoslik” fani doirasida EE-18-01 guruhi talabalari o’rtasida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” bo’limi dotsenti Usmanova A.A. tomonidan “Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati” mavzusida ochiq seminar darsi o’tkazildi. Ushbu darsda ta’lim sifati bo’yicha bo’lim boshlig’i Abduraimova B., professor Mansurova G.X., Namazova Sh.A. ishtirok etdilar. O’tkazilgan tadbirga Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oily maktabi  talabalari tashrish buyurdi.

Seminarning tashkiliy qismida o’qituvchi Usmanova A.A. ishtirikchilar diqqatini  mavzuning mohiyatiga, undan ko’zlangan maqsad va vazifalarga qaratdi.

2018 yil noyabr oyida  qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi to’g’risida”gi Qarorga alohida to’htalib o’tdi. Bunga ko’ra asrlar davomida xalqimiz tomonidan shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy merosimizni asrab-avaylash, ularni jahon madaniyati bilan uyg’unlashishini ta’minlash, xalqaro madaniy maydonda milliy madaniyatimizning  o’rni va mavqeni keng targ’ib etish va yanada mustahkamlash muhimligi borasida so’z yuritildi.    

Mavzu muhokamasi davomida talabalar milliy merosimizni taqdim etishning turli vosita va shakllari to’g’risida  gapirib o’tdilar? Ular qatorida o’rin olgan xalq og’zaki ijodi, folklorni namoyish etuvchi o’ziga xos kuy va ko’shiqlar, raqslar, ertaklar, maqol va so’z birikmalarini sanab o’tdilar. 

Oliy maktab talabalarining ijodiy jamoasi chiqishlari yuqorida ta’kidlanib o’tilgan, tarixiy va madaniy merosimizni asrash, ulardan yosh avlod tarbiyasida keng foydalanish, yoshlar ongiga milliy va umumbashariy qadriyatlarni singdirish, etnik madaniy ana’nalarni asrash va ular asosida xalq ijodini qo’llab-quvvatlash kabi  fikrlarning tasdig’i sifatida  namoyon bo’ldi. 

Shu bilan birgalikda, kelgusida xalqimizning, ayniqsa yoshlarimizning,  ijodiy salohiyatini amalga oshirish bo’yicha kerakli shart-sharoitlar yaratish, madaniyat sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarni keng tadbiq etish, kelajakda milliy va jahon madaniyatini keng o’rganish va yoritish bo’yicha innovatsion g’oya va texnologiyalardan samarali foydalanish to’g’risida so’z yuritildi.