Filial Yoshlar Ittifoqi fakultet yetakchiligiga saylov natijalari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 iyul 2017 yil №PF-5106 “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash” farmoniga, hamda O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 22.08.2018 yil №87-01-335 ‘Oliy ta’lim muassasalarida O’zbekiston Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkilotlarini samaradorligini oshirish’ hatiga muvofiq 24 sentyabr kuni, nizomda ko’rsatilgan qoidalarga ko’ra, Filialda Yoshlar Ittifoqi facultet yetakchiligiga saylov bo’lib o’tdi.

Saylov boshlanishidan oldin, ishchi guruh raisi Sh.M. Ravilov komissiya azolari bilan saylov o’tkazish tartibi bo’yicha suhbat o’tkazdi, shundan so’ng komiisiya azolari saylov qutisini muhrini tekshirishdi va barcha nomzodlarga omad tilashdi. Soat 08:00 da saylov jarayoni boshlandi.

Saylovda uchta nomzodga ovozlar berishdi: Jdanov Roman Ruslanovich, URB-15-01 guruh talabasi, Ijodkor yoshlar ittifoqi raisi, Majidiy Mirsulton Mirsaid o’gli,  UEE-16-01 guruh talabasi, OTM yoshlar ittifoqining faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo’nalishi yetakchisi, Haydarov Rustam O’ktamjon o’gli UTS-16-01 guruh talabasi, OTM yoshlar ittifoqining tashkiliy-nazorat va kadrlar yo’nalishi yetakchisi, Yoshlar Parlamenti deputati.

Saylovda qatnashchilar soni umumiy talabalar sonidan 80 foizni tashkil etdi (754-ta talaba). Jdanov Romanga 48% saylovchilar ovoz berishdi, Majidiy Mirsultonga – 27%, Haydarov Rustamga  – 25%.

Buzilgan byulletenlar soni – 4 dona, bo’sh qoldirilgan – 3 dona.

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi nizomiga muvofiq, Jdanov Roman Ruslanovich, 48 foiz ovoz to’plab, I. M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz (MTU) universitetining Toshkent shahridagi Filiali Yoshlar ittifoqi fakultet yetakchisi deb saylandi.