Yugurish ihlosmandlari uchun katta voqea

Mamlakatimizninig eng ulug’ bayrami mustaqillikning 27 yilligi munosabati bilan joriy yilning 9 sentyabr kuni “PAKHTAKOR”  maydonida  10 kilometrga yugurish bo’yicha marafon bo’lib o’tdi. 16 yoshgacha bo’lgan va sog’lom turmush tarziga rioya qiluvchilar uchun bu juda katta voqea bo’ldi. Odamlar faqatgina yugurish uchun emas, balki do’stlari bilan uchrashish, muloqot va tajriba almashish uchun ham tashrif  buyurdilar. Eslatib o’tamiz-yugurish bu og’ir darajadagi aerobik ta’sir, chidamlilikni sinovchi, suyaklar tonusini qo’llab quvatlovchi, organizmdagi metabolism jarayonini kuchayishi, modda almashinuvini yahshilovchi, tanani faol soflash, toksinlar chiqarish, yomon kayfiyat va depressiyani yo’qotuvchi, shuningdek, vazn yoqotishning yahshi usulidur. Tadbir milliy Olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston yoshlar Ittifoqi, Jismoniy tarbiya va sport Vazirligi tomonidan tashkil etildi.

Musobaqa natijalariga ko’ra I.M.Gubkin nomidagi  Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahar filiali talabalari eng yahshi yuguruvchilar 50 taligiga kirib, medal va estalik sovg’alarini qo’lga kiritdilar.