Birinchi bosqich talabalari maktabi

Joriy yilning 5-8 sentyabr kunlariI.M.Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz universiteti (MTU) Toshkent shahridagi filialining barcha akademik guruhlarida O'zbekiston Respublikasi Mustaqillining 27-yilligi munosabati bilan tarbiyaviy soat o'tkazildi.
Eng ulug' va eng qadrli tantanamizga bag'ishlangan tarbiyaviy soat talabalar ongida o'chmas iz qoldirdi. Tarbiyaviy soat davomida "Ma'naviyat va marifat" ishlari bo'yicha dekana o'rinbosari F.Mirkamalov, "Ma'naviyat va marifat" bo'limi metodistlari va Iqtidorli talabalar bilan ishlovchi K.Muhitdinov, L.Shukurova va R.Sufyanov tomonidan "Talabalarning shaxsiy javobgarligi" mavzusida seminar-treninglar o'tkazildi.