“Yagonasan, muqaddas Vatan” respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichi

2018-yilning 12-avgustida Filial hodimlari Turkiston saroyida tantanali o’tkazilgan “Yagonasan, muqaddas Vatan” respublika ko’rik-tanlovining yakuniy bosqichida ishtirok etishdi. Respublika ko’rik-tanlovi yoshlarni Vatanga sodiqlik, vatanparvarlik, yuksak ma'naviyat kabi fazilatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan. Tantanali tadbirda hayotning barcha jabhalarida izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi xalqimizning ma'naviyatini yuksaltirish, boy tarixiy merosni chuqur o'rganish, milliy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlab qolish, madaniyat va san'atni rivojlantirish bilan uzviy bog'liqligi qayd etildi.